CollegeBoard AP
Advanced Placement Program
AQSH Advanced Placement (AP) Dasturi
(Yuqori sinf o'quvchilari uchun universitet darajasidagi fanlar)
Amerika College Board tashkiloti tomonidan yaratilgan Advanced Placement (AP®) dasturi yuqori sinf o'quvchilariga maktab davridayoq universitet 1-kursi darajasidagi fanlarni o'rganish va xalqaro imtihon topshirish imkonini beradi. AP natijalari dunyoning 4 000 dan ortiq universitetlari, jumladan AQSHning Ivy League oliygohlari, Buyuk Britaniya (Oxford, Cambridge, Russell Group), Kanada va Yevropa universitetlarida rasman tan olinadi. Yuqori ball to'plagan talabalarga universitet kreditlari (College Credits) taqdim etiladi.
Dunyodagi 4 000+ nufuzli universitetlarda tan olingan
Har yili 2,8 milliondan ziyod o'quvchi ishtirok etadi
Dunyo bo'ylab 60+ mamlakatda 38 ta fan
AQSHning tanlangan universitetlarining 85% qabul jarayonida AP natijalarini ustunlik sifatida baholaydi
Universitetga kirishdan oldin 1 yillik kreditlarni oldindan qo'lga kiritish imkoniyati.