Bizning tariximiz va akkreditatsiyalarimiz
Muassasamiz 2012-yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda xalqaro ta’lim va professional malaka oshirish bo'yicha yetakchi muassasasiga aylangan.
2014-yilda biz xalqaro buxgalteriya hisobi bo‘yicha jahonda tan olingan Buyuk Britaniyaning ACCA professional tashkilotining O'zbekistonda ilk bor yagona kompyuter asosidagi imtihon olish markazini akkreditatsiya ega bo'ldik. Bu muassasamizga O'zbekirstondagi buxgalter va moliya mutaxassislariga xalqaro tan olingan professional dasturlarni taklif qilish imkonini bergan.
Xalqaro ta'limdagi erishilgan yutuqlarni davom ettirib, 2015-yilda ACCA malaka oshirish dusturlarini birgalikda olib borish uchun Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Bu hamkorlik O‘zbekistondagi yetakchi ACCA ta’lim beruvchu muassasa sifatidagi mavqeimizni yanada mustahkamladi.
Bizning muassasamiz 2016-yilda ACCAning "Gold" maqomiga ega bo'lgan O‘zbekistondagi ilk bor tan olingan bo'lib, bu esa ACCA tomonidan berilgan akkreditatsiyaning eng yuqori darajasi hisoblanadi. Bu ACCA ta'lim va ta'lim sohasidagi yuksak darajadaligining e'tirofidir.
2017-yilda biz masofaviy biznes taʼlim kurslari boʻyicha yetakchi global ta'lim beruvchi London School of Business and Finance (LSBF) muassasasi bilan akademik hamkorlik memorandumni imzolash orqali xalqaro akademik hamkorligimizni kengaytirdik. Shuningdek, oʻsha yili Oʻzbekistondagi MDIS (Singapurning Menejment va Rivojlanish Instituti) bilan ACCA malaka oshirish o'quv dasturlarini taqdim etish boʻyicha hamkorlik oʻrnatdik.
Faoliyatimiz kengayishda davom etib, 2018-yilda muassasamiz Kembridj universiteti qoshidagi maktablarni akreditatsiyasini o'tkazish bo'limi tomonidan O‘zbekistonda Kembridj xalqaro maktab maqomi akkreditatsiyasi olindi. Bu bizga xalqaro standartlarga yo'naltirilgan jahon darajasidagi maktab ta'limini taklif qilish imkonini berdi.
Aynan shu yili 2018-yilda O‘zbekistondagi Kembridj xalqaro maktabimiz va Buyuk Britaniyadagi maktablar o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturlari bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Shuningdek, o‘sha yili Samarqandda davlat-xususiy sheriklik asosida Kembrij xalqaro maktabi kampusini ochdik.
2020-yilda muassasamiz Kembridj universiteti tomonidan O‘zbekistondagi o‘qituvchilar malakasini oshirish markazi sifatida akkreditatsiyadan o‘tdi.
Oradan biroz vaqt o‘tib, ya’ni 2021-yilda muassasamiz tomonidan Toshkentda xususiy Kembrij xalqaro maktabi ochildi va bu o'quvchilarga jahon miqyosida tan olingan ta’lim olish va dunyoning yetakchi universitetlariga kirishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini yaratdik.
O‘zbekistonda muassasamiz tomonidan Kembrij xalqaro maktablarining ochilishi muhim voqea bo‘ldi, chunki bu o‘quvchilarga xalqaro standartlarga javob beradigan bilimlarning mustahkam poydevoriga ega bo‘lish imkonini beradi. Bu nafaqat ularning ACCA malakasini oshirish bo'yicha imtihonlardan muvaffaqiyatli o'qishini qo'llab-quvvatlaydi, balki ularni dunyoning yetakchi universitetlariga kirishga tayyorlaydi.